Auto turizmni tashkil qilish

Auto turizmni tashkil qilish

Auto turizmni tashkil qilish

TadbirkorKamolov Atham
Sana17.08.2016
Sarflangan mablag'500000 so'm
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit. Maecenas feugiat consequat diam. Maecenas metus. Vivamus diam purus, cursus a, commodo non, facilisis vitae, nulla.

Avvalo siz mustaqil hayotga qadam qo`yish arafasida o`z yo`lingizni to`g`ri tanlab olishingiz lozim bo`ladi. Tadbirkorlik faoliyati, uning daromadlari, yashash tarzi qanchalik jozibali va maftunkor bo`lmasin bu juda katta mehnat, noyob qobiliyat va kuchli xarakterga ega bo`lishni talab qiladi. Shuning uchun ko`pchilik tadbirkorlikni qo`llab quvvatlasada bu soxaga kira olmaydi yoki u erda muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Xozir jamiyatimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlardan to`liq foydalanib hayotdagi o`z o`rningizni topishingiz lozim. Shuning uchun Siz ushbu soxa bilan shug`ullanishdan oldin o`z imkoniyat va salohiyatlaringizni to`g`ri baxolashingiz va o`zingizni kuchli tomonlaringizni yanada rivojlantirishingiz, ba'zi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo`lgan xislatlar Sizda yaxshi rivojlanmagan bo`lsa, o`z ustingizda ishlashingiz yoki shu soxaga oid mutaxassislarni topishingiz lozim bo`ladi. Faqat bu sohaga to`liq tayyor bo`lmasdan kirmang! Chunki bu tavakkalchilikka asoslangan faoliyatdir. Balki Sizga “tayyor” bo`lishingiz uchun ma'lum bir vaqt kerakdir? Kimlargadir havas yoki taqlid qilib emas, aniq maqsad qo`yib o`z ishingizni boshlang! Siz biznes yo`lini tanladingizmi, bilingki oldingizda juda ko`p mashaqqatlar va shunga yarasha imkoniyatlar, rohat va daromadlar yotadi. Ushbu sohani tanlashda ham avvalo inson o`z imkoniyatlari, bilim, ko`nikmalari va layoqatini tahlil qilishi lozim. Olimlar ta'kidlashlaricha tadbirkorlikka layoqat yer yuzi aholisini 10-15 % da bor ekan xolos. Xo`sh Sizda shunday qobiliyat bo`lmasa nima qilish kerak? O`qish, o`rganish va ushbu layoqatni shakllantirib biznes sohasiga kirib borish kerak.

Shunday qilib, Siz tadbirkor bo`lmoqchisiz. Bilingki, yuqorida ta'kidlaganimizdek, bu yo`nalish o`zining kuchli va kuchsiz tomonlariga egadir. Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan tadbirkor uchun bu faoliyat hayot mazmuniga va ko`zlagan maqsadlariga erishish uchun bir omil bo`lib qolishi zarur. Siz mustaqil ish yuritasiz, bunda rahbar sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin va bu faoliyatdan Sizni hech kim bo`shata olmaydi. Lekin shunday holatlar ham bo`ladiki, Siz biznesdan umuman chiqib ketishingiz mumkin. Siz o`z faoliyatingizdan kelgan daromaddan o`zingiz foydalana olasiz va o`zingizga maosh belgilay olasiz. Eng asosiysi, Siz uz biznesingizni boshlamasdan avval rejalashtirayotgan faoliyatingizdan keladigan daromadni, kelajakni, to`siqlarni, tavakkallchilik xavf xatarlarini ko`ra bilishingiz lozim. Shuningdek, Siz faoliyat yuritayotgan bozorda, o`zingizning faoliyatingizdan, ya'ni tovar va xizmatlarni xaridorlarga etkazishdan qoniqish hosil qilishingiz lozim. Albatta, shuni ta'kidlash lozimki, agarda qo`l ostingizda ishchilaringiz bo`lsa, Siz doimiy ravishda ularga o`z etakchiligingizni, liderligingizni ko`rsata bilishingiz lozim. Bundan tashqari, Sizning hisob raqamingizda doimo kreditorlarga to`lash uchun etarli mablag` bo`lishi shart. Kreditorlaringiz — Sizning mahsulotlaringizni sotgan shaxslar, dillerlar, Sizni ko`chmas mulk va uskunalar bilan ta'minlab turgan shaxslar, biron shaxsning eri yoki hovli –joyi, binosini ijaraga olib turgan bo`lsangiz ular egalari, Sizni mahsulotlaringizni reklama qilayotgan shaxslar, soliq organlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ushbu tadbirkorlik sohasini tanlasangiz asosiy e'tibor Sizga, qobiliyatingizga va imkoniyatlaringizga qaratiladi. Lekin aksariyat yoshlarimiz o`zlarini ustida ishlash o`rniga atrof-muhit, shart-sharoit yoki boshqa tashqi sabablarda o`zlarining omadsizliklarida ayblab kelmoqdalar. Keling birga o`ylashib ko`raylik, nima uchun tadbirkorlik yo`lini tanlangan kishilar doim ham muvaffaqiyatga erishavermaydilar?! Buning asosiy sabablaridan biri ular o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erisha olmasliklaridir.

Nima uchun?

  • ? Aniq maqsadning yo`qligi, maqsadlari o`zlari uchun ham tushunarsiz va aniq ifodalanmagan. Ba'zida qanday holatlar uchun yaxshiligini ham bilishmaydi;
  • ? Ba'zilar aniq maqsadi bo`lsada, birinchi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng tushkunlikka tushib qoladilar. Omadsizlik vaqtinchalik mehmonligini, bu ham o`zi uchun to`g`ri xulosa chiqarish imkoniyati ekanligini tushunib etmaydilar;
  • ? Ba'zan odamlar o`z oldilariga shunaqangi katta maqsadni qo`yadilarki, uni amalga oshishiga o`zlari ham ishonishmaydi;
  • ? Ko`p hollarda esa atrofdagi odamlar maslahati bilan o`z oldilariga maqsad qo`yadilar va bu maqsad ular xohish istagidan kelib chiqmagan, balki birovni maslahati bilan tanlangan bo`ladi;
  • ? Ba'zan insonlar faqat rejalashtirish bilan shug`ullanib, uni amalga oshirishni paysalga solib yurishadi.Ularda ishonchsizlik va o`z imkoniyatlarini to`g`ri baholay olmaslik holatlari kuzatiladi.

 

Biz bilan bog'laning

Bizga xabar yuboring, murojaatingizni tezda ko`rib chiqamiz!

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko’chasi, 11-uy

yoshtadbirkor@umail.uz

+998 95 145-80-04

+998 95 145-80-04