Markaz direktorining murojaati

Aziz yosh tadbirkorlar!

 

Bugun mamlakatimiz shiddat bilan rivojlanib, yangi marralar sari dadil bormoqda. Barcha jabhalarda bo`lgani kabi tadbirkorlik sohasida ham yuqori natijalarni qayd etib, dunyo e`tirofiga sazavor bo`lmoqdamiz.

Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o`rinlarini yaratish orqali yoshlarni ish bilan ta`minlash, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida yoshlar orasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu bilan birga yoshlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqish hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari uchun ham ustuvor yo`nalishlardan biri sanaladi. Shu bois “yoshlar tadbirkorligi” tushunchasi ushbu sohaning eng barqaror rivojlanishni talab qiladigan bosqichi hisoblanadi.

Xabaringiz bor, qisqa fursat ichida O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash Markazi tadbirkorlik sohasida yoshlar uchun har tomonlama ko`mak markaziga aylanmoqda.  

Ya`ni, yoshlarimizning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ishtirokini yanada faollashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash, tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish va ularni hayotga tadbiq etishiga ko`maklashish hamda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy yordam berish Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi.

 

Darhaqiqat, biznes boshlash shunchaki ish emas. Unda ham zarur bilim va ko`nikma, o`ziga bo`lgan ishonch bo`lishi zarur. Ayniqsa, endigina tadbirkorlikka qadam bosgan o`smir uchun bu ish o`ta murakkabdek ko`rinadi. Shunday hollarda ular ishonchli yo`l-yo`riqlarga ehtiyoj sezishi aniq. O`z vaqtida olingan bilim, taassurot va ko`nikma ertangi rejalar amalida kata natija berishi aniq. Markaz tomonidan o`tkaziladigan har bir loyiha tadbirkorlik sohasida kelgusida yetuk va tajribali ishbilarmonlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.

 

O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash Markazi Sizning munosib va ishonchli poydevoringiz  bo`lib xizmat qilishiga ishonch bildiramiz!

 

Hurmat bilan,

O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini

qo`llab-quvvatlash Markazi direktori

SHAVKAT ZARIPOV


 

Biz bilan bog'laning

Bizga xabar yuboring, murojaatingizni tezda ko`rib chiqamiz!

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko’chasi, 11-uy

yoshtadbirkor@umail.uz

+998 95 145-80-04

+998 95 145-80-04