Markaz ustavi

O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash Markazi

  Muassasaning asosiy maqsadi yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ishtirokini yanada faollashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash, yoshlarda tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish va ularni hayotga tadbiq etishiga ko`maklashish hamda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy yordam berishdan iborat.

Muassasaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta'minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish;

– doimiy ravishda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid izlanishlar o`tkazish, ushbu sohaga oid taklif va muammolarni o`rganib chiqib, tahliliy ma'lumotnomalar tayyorlash, shu asosda aniq chora-tadbirlarni belgilash va hayotga tadbiq etish, ularni hal etishga qaratilgan respublika va mahalliy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

– yoshlar orasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash, yangi texnika va texnologiyalar kiritish borasida kontseptsiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarida faol ishtirok etish hamda innovatsion loyihalar yuritish bo`yicha hukumat qarorlarini amalga oshirishda qatnashish;

– yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlarga ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish ofis xonalarini, texnologiyalarni va boshqa biznes uchun zarur bo`lgan uskuna va jihozlarni maxsus imtiyoz asosida ijaraga (subijaraga) ajratish, biznes inkubatorlar xamda texnoparklar tashkil etish va yosh tadbirkorlar faoliyatining dastlabki davrida qulay imkoniyatlar yaratish;

– yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy rag`batlantirish, garov ta'minotiga ehtiyoji bo`lgan yoshlarning istiqbolli biznes loyihalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida maxsus moliyaviy jamg`armalar tashkil etish hamda biznes loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirishda ko`maklashish, kreditlarni kafolatlashga qaratilgan maxsus loyiha va dasturlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

– yoshlar tadbirkorligiga oid huquqiy va ular uchun ahamiyatli bo`lgan boshqa ma'lumotlarni to`plash, bozor konyunkturasini o`rganish, ishlab chiqarish sohalariga, innovatsion loyihalar va dasturlarga oid konsultativ, tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshirish va ularni hayotga tadbiq etishda faol ishtirok etish hamda yoshlar tomonidan ular tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion va texnik yordam loyihalari tashkil etishga, tadqiqotlar olib borishga ko`maklashish;

– yosh tadbirkorlar, hunarmand va fermerlarga biznesni rivojlantirishga, yuritishga qaratilgan turli xil (loyihaviy boshqaruv, huquq, menedjment, marketing, konsalting va boshqa) xizmatlarni ko`rsatish, ularni to`laqonli tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ulanishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;

– samarali faoliyat olib borayotgan yosh tadbirkorlar faoliyatini ommalashtirish, ular orasida tajriba almashishni yo`lga qo`yish;

– tanlovlar va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun ijodiy guruhlar, turli hay'at komissiyalari, ekspertlar kengashlarini tashkil etish, malakali mutaxassis, ekspertlarni jalb qilish va ular ish faoliyatini yuritish;

– yoshlarning tadbirkorlik subyektlariga axborot ta'minoti va maslahat yordami berish, mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari, shuningdek, bo`lajak hamkorlar va zamonaviy texnologiyalarni xarid qilishga oid axborotlarni o`z ichiga olgan, qo`llanmalar, kitoblar, biznes-kataloglarni belgilangan tartibda chop etilishini yo`lga qo`yish;

– kongresslar, konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, treninglar, o`quvlar, simpoziumlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko`rgazmalar, yarmarkalar, festivallar, ko`rik-tanlovlar, aktsiyalar, turli grant dasturlari va Ustav faoliyati bo`yicha boshqa loyiha va tadbirlarni o`tkazish va ishtirok etish;

– yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlashga oid ilmiy ishlar, maqolalar, tadqiqot ishlari, Muassasa Ustavi faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ilmiy-metodologik qo`llanmalar, tavsiyalar, uslubiy hujjatlar ishlab chiqish, chop etish, ularni ishlab chiqishga qaratilgan tanlovlar tashkil etish va o`tkazish, ilmiy, ma'ruzaviy, ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish;

– o`ziga ajratilgan binolarni hamda asbob-uskunalar, inventarlar va jihozlarni saqlash, ulardan samarali foydalanishni ta'minlash, kommunal xizmat ko`rsatuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzish.

Biz bilan bog'laning

Bizga xabar yuboring, murojaatingizni tezda ko`rib chiqamiz!

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko’chasi, 11-uy

yoshtadbirkor@umail.uz

+998 95 145-80-04

+998 95 145-80-04