Qashqadaryoda 366 nafar muddatli harbiy xizmatchiga imtiyozli kredit olishlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.

Qashqadaryoda 366 nafar muddatli harbiy xizmatchiga imtiyozli kredit olishlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yilning 6 iyunida “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani haqida oldin xabar berilgan edi.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2018—2019 yillarda
 Sh.Sattorov, Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi.
- Qashqadaryo viloyatidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 11 ta harbiy qismda oʻtkazilgan oʻquv-seminarlarga 679 nafar harbiy xizmatchilar qamrab olindi, - deydi Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat boʻlinmasi direktori Adham Tohirov. –Saralash ikki bosqichda olib borildi — test va insho koʻrinishida. Yakunida 366 nafar muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli kreditlar olishga loyiq deb topildi.

Taʼkidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamda Oʻzbekiston banklar Assotsiatsiyasi 2018 yil 16 oktabr kuni imzolangan qoʻshma qaror yuzasidan muddatli harbiy xizmatchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun kreditlar olish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar joylarda muntazam olib borildi.

14.03.2019     31   

Biz bilan bog'laning

Bizga xabar yuboring, murojaatingizni tezda ko`rib chiqamiz!

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko’chasi, 11-uy

yoshtadbirkor@umail.uz

+998 95 145-80-04

+998 95 145-80-04