Yosh tadbirkor konsultativ markazlari

Yosh tadbirkor” konsultativ markazi

Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy va mahalliy Kengashlari qoshida 2011 yildan buyon “Yosh tadbirkor” konsultativ markazlari tashkil etilib kelinmoqda.

Ushbu Markazlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni o`z oldiga maqsad qilib belgilagan yoshlarga, ayniqsa kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilariga “Mening biznes g`oyam” tanlovi, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasida ishtirok etib, tijorat banklaridan imtiyozli mikrokreditlar olib o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlarida, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ko`maklashadi.

“Yosh tadbirkor” konsultativ markazlarining maqsadi:

Yoshlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ko`nikma va malakalarini shakllantirish, o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan yoshlarga yo`nalishlar berish va hukumatimiz tomonidan joriy etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, huquqiy-me`yoriy hujjatlar bilan doimiy tarzda tanishtirib boorish, tijorat banklaridan imtiyozli mikrokreditlar olishda ko`maklashish, yosh tadbirkorlar jamoalarini shakllantirish hamda o`z tengdoshlari uchun yangi ish o`rinlarini yaratishdan iborat.

Biz bilan bog'laning

Bizga xabar yuboring, murojaatingizni tezda ko`rib chiqamiz!

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko’chasi, 11-uy

yoshtadbirkor@umail.uz

+998 95 145-80-04

+998 95 145-80-04