Imkoniyat
Ta'lim biznesingizni biz bilan muvaffaqiyatga olib chiqing!

Loyihaga arizalar 2021-yil 26-sentyabr soat 23:59 ga qadar qabul qilindi.


Yoshlar ishlari agentligi, Mikrokreditbank hamda Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligidagi "IMKONIYAT" loyihasi chekka hududlarda o'quv markazlar ochishni istagan yoshlarni qo'llab-quvvatlash loyihasidir.

"IMKONIYAT" LOYIHASI HAQIDA

"IMKONIYAT" O'zbekiston bo'ylab xususiy ta'lim biznesini boshlamoqchi bo'lgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar va yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash loyihasidir. Loyihaga faqat belgilangan talablarga mos keladigan loyihalar qabul qilinadi.

Dastlabki bosqichda loyihalar ichidan ekspertlar tomonidan maqul deb topilgan eng yaxshi 70 ta loyihaga 50 mln. so'mgacha 0 %li (ssuda) mablag' ajratiladi. Loyihalarni tanlashda biznes reja bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoa, ta'lim biznesining maqsadlari, hayotiyligi, hududi va boshqa shu kabi amaliy jarayonlarga qarab tanlanadi.


LOYIHA DASTURI
Tanlovning saralash bosqichi, bo'lajak o'quv markazlarini ochish bilan bog'liq eng yaxshi biznes loyihalarni tanlab olish jarayoni
Ta'lim biznesida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan onlayn kurslar.
Yoshlar oromgohida tanlov g'oliblari uchun tashkil etiladigan amaliy oflayn o'quv kursi.
Eng yaxshi loyihalar uchun foizsiz (0 %li) tanlov g'olibi bo'lgan yosh tadbirkorlarga qarz mablag'lari (ssuda) ajratish.
G'olib loyiha egalariga murabbiylar biriktirib berish va doimiy monitoring olib borish.
Qanday loyihalar moliyalashtiriladi?
Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rgatishga mo'ljallangan barcha ta'lim loyihalarini qo'llab-quvvatlaymiz
O'quv reja
Biznesda qanday qilib yo'nalish va maqsadlaringizni tanlash.
Tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazish, yuridik maqom va muhr olish.
Buxgalteriya, biznesdagi soliqlar.
O'quv markazi uchun joyni tanlash , ta'mirlash, dizayn, mebellar sotib olish va hokazo.
O'quv dasturi (darsliklar, dizayn, kontent, tipografiya), o'qituvchilarni jalb qilish, ular bilan ishlash.
O'quv markazini boshqarish.
Xizmat ko'rsatish va mijozlarni saqlab qolish.
Sotuvni rejalashtirish va mijozlar bilan ishlash (sotuv bo'limi, Reception).
Marketing, SMM, raqobatchilar tahlili, strategiya yaratish.
Biznesda barcha jarayonlarni rejalashtirish va xalqaro tajribani o'rganish.
Loyiha tashkilotchilari
Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol ko'chasi, 60B uy
Aloqa uchun:
+998 93 357 1846