“Start-up va Investor” loyihasi

Loyihaning avvalgi sonlarida
“Start-up va Investor” loyihasi
Hozirgi kunda yurtimizda yangidan yangi start-up va biznes loyihalari bor yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo bunday yoshlarning loyihalarini ishga tushirish uchun moddiy mablag‘lari yo’qligi achinarli. Jamiyatga foydali g‘oyalarni hayotimizga tadbiq etish, ushbu g’oyalarni moddiy qo’llab-quvvatlash – bugungi kun talabi. Mamlakatimizning barcha hududlarida bunday yoshlarga moddiy ko’mak berish, ularning loyihalari va harakatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, ularga investorlar topib berish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
O’zbekiston Yoshlar Forumi-2021 doirasida joriy yilning 18-25-dekabr kunlari mamlakatimizning barcha viloyatlarida O‘zbekiston investitsiya va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab‑quvvatlash markazi hamkorligida “Start-up va Investor” loyihasi tashkillashtirilmoqda.
Loyihaning maqsadi yurtimizdagi iqtidorli, tadbirkorlikka qiziquvchan yoshlarning innovatsion g’oyalarini rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy qilishga hamda investor topishga ko’maklashishdir. Yana bir maqsad shundan iboratki, tashkil qilinayotgan uchrashuvlarni suratga olib ularni efirda namoyish etish, yoshlarda bor cheksiz kuch va energiyani to’g’ri sarflash mumkinligini, tengdoshlari qilayotgan yangi innovatsion g’oyalarni ularga ko’rsatish, ularni harakatga undash hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirishda ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar Respublika bo’ylab investorlar klubini shakllantirish, investorlarni yoshlar bilan uchrashuvga jalb qilish, loyihaga soha bo’yicha ekspertlarni taklif qilish va ularning bilimlari bilan bo’lishish, start-up loyiha topish, Investor, soha eksperti va startapchi uchrashuvini ta’minlash, uchrashuvni tasvirga olish va butun respublika bo‘ylab efirga uzatishlarni o’z ichiga oladi.
“Start-up va Investor” loyihasining 1-soni 20-fevralda start olgan va bugungi kunga qadar bir necha marotaba tashkillashtirilgan. Jumladan, 2021-yilning 24-mart sanasida Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida loyihaning 2-soni bo’lib o’tdi. Shuningdek, 29-may kuni Toshkent shahar Yoshlar Press klubida start-up loyihalarga investitsiya jalb qilish haqida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu sonida startap yaratishga qiziquvchi yoshlar va yosh tadbirkorlar soha ekspertlaridan kerakli ma’lumotlarni olishdi, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.
Agar siz ham start-up loyihangizga investitsiya jalb qilmoqchi bo’lsangiz saytda ro’yxatdan o’ting.

Start upchi yoki Investormisiz ?
Start - up loyihangiz taqdimotini yuklang
Investorlar uchun ushbu bolimni toldirish talab qilinmaydi