Biz maslahat bermaymiz.
Biz biznesni boshlashni o`rgatamiz
Orian-Mehroj Rashidov
Bizning maqsad
O'zbekiston Respublikasini yosh tadbirkorlar uchun eng qulay mamlakat qilish
Bizning bepul xizmatlarimiz
  • Biznes maslahatlar
    Bizning jamoamizda yurtimizda, MDH davlatlarida, qolaversa, AQSH, Yevropa, Osiyo hamda kremniy vodiysida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ish olib borishadi. Ular sizga doimo biznes maslahat berishga tayyor.
  • Moliyalashtirish
    Bizning mutaxassislarimiz sizga qulay sharoitlarda kredit olishda, investor topishda yoki boshlang'ich venchur sarmoya olishingizda yordam berishlari mumkin. Bunda bizga mahalliy banklar va fondlar, shuningdek, xorijiy hamkorlar yordam beradi.
  • Netvorking
    Bizning tadbirlarimizda siz mamlakatimizning va dunyoning yetakchi tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ular bilan tanishib, tajriba almashishingiz mumkin.
  • Loyihalar taqdimotini tayyorlash
    Shu bilan birga, biz sizning biznesingiz yoki startapingizni marketing qonun qoidalariga tayangan holda maxsus shakl holatiga keltirib berishimiz mumkin. Bunda biz loyihangizni o'z uslubini yaratamiz, sizga logotip, Tone of Voice, marketing strategiyasi hamda kontent reja taqdim etamiz.
Bizning faoliyatimiz raqamlarda
O'zingiz baho bering
1450
Yosh bizning ko'magimiz bilan biznes ochdi
146,240
Yoshga biznes saboqlarini berdik
36,470
Yosh bizning biznes klubimiz a'zosi bo'ldi
12,774,048,750 so'm
Imtiyozli kredit sifatida yoshlarga taqdim etildi