Akseleratsiya dasturi

28 sentabr – 11 oktabr
Asosiy qoidalar
1) Har bir ishtirokchi akseleratsiya dasturining har bir sessiyasida o'z vaqtida qatnashishi shart.

2) Har bir sessiyadan so'ng uy vazifasini bajarish majburiydir.

3) Akseleratsiya ishtirokchilari sessiyalar davrida mobil telefonlar yoki messenjerlar orqali tashkilotchilar bilan aloqada bo'lishlari shart.

4) Agarda ishtirokchi tashkilotchilar bilan aloqaga chiqmasa, ushbu ishtirokchi akseleratsiyadan diskvalifikatsiya qilinadi va bu qaror qayta ko'rib chiqilmaydi.
Dastur jadvali
Mentorlarimiz va trekerlarimiz ro'yxati
28 sentabr

14:30 – 17:30
G'oya, startap jamoasi
Ulug'bek Ismatov
Loyihalar bilan tanishuv, Unicorns haqida umumiy ma'lumot va akseleratsiya rejasini muhokama qilish.
29 sentabr

14:30 – 17:30
"Lean Startup" va "Customer Development" metodlari
Said Nazrillayev
Lean Startup haqida gaplashamiz. Bu tejamkorlik bilan ishlab chiqarish konsepsiyasi bo'lib, unda biznesni tiklashda ilmiy metodlardan foydalaniladi.

Shu bilan birga, Customer Development mavzusini ham muhokama qilamiz.
1 oktabr

14:30–17:30
Startaplarda marketing
Orian-Mehroj Rashidov
Startaplardagi marketing o'rni haqida gaplashamiz, samarali marketing metodlari, instrumentlari hamda uslublarini muhokama qilamiz va qo'llab ko'ramiz.
3 oktabr

14:30 – 17:30
MVP nima?
Akmal Paiziev
MVP (minimum viable product, gohida minimum valuable product yoki minimal valuable product deb xato tarjima qilinadi) – bu mijozlardan obyektiv fikr olish uchun zarur bo'lgan minimal ishlab turgan mahsulot. U mijozingizga nima kerakligini va u bunday yechim uchun qancha pul to'lashga tayyorligini ko'rsatadi.
5 oktabr

14:30 – 17:30
Startaplarda va biznesda muammolarni hal qilish
Ulug'bek Xojiahmedov
Startaplarda hamda biznesda troubleshooting – muammolarni yechish metodlarini o'rganamiz
6 oktabr

14:30 – 17:30
Startap bozorini baholash
Dilshod Zufarov
Startaplar bozorini baholashda foydali bo'lgan asosiy metodlarni o'rganamiz. Ular: PAM, TAM, SAM va SOM
7 oktabr

14:30 – 17:30
Startap loyihaning biznes modeli
Jahongir Pulatov
Biznes model – bu biznes haqidagi ixcham, soddalashtirilgan tushuncha. Uning asosiy vazifasi biznesning butun tizimini qisqacha namoyon etib berish.
9 oktabr

14:30 – 17:30
Startap loyihalarning monetizatsiya modellari hamda yuridik muammolarni yechish
Rustam Hamdamov
Monetizatsiya – biror bir loyihani yoki mahsulotni pulga aylantirish. Suhbatimizda startapingizdan foyda olishni muhokama qilamiz. Shu bilan birga, loyihangizni yuridik tomonlari haqida ham gaplashamiz.
11 oktabr

14:30 – 17:30
Soft skills: Demo day uchun taqdimotga tayyorlanamiz
Usmon Raximjonov
Investorlar oldida loyihamizni taqdimot qilishni o'rganamiz.
Savolingiz bormi?
Bizning menejerimiz bilan bog'laning!
Diyor Latipov
Unicorns loyihasi menejeri
Telefon: +998 97 423 78 99
Telegram: @DiyorLatipov